Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Universitet Kengashining 4-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

29.11.2025, 17:32 Yangiliklar 195

2025-yilning 29-noyabr kuni universitet Kengashining 4-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

✔️Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’at qarorlari va buyruqlari ijrosi masalalari ko‘rib chiqildi.

Ilmiy kengash an’anasiga muvofiq, ilmiy unvon olgan ustozlar qutlandi hamda “Wonderful Indonesia Festival 2025” tadbiri tashakkurnomasi topshirildi.
Kengashda bino va inshootlar, hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini 2025/2026yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashiga tayyorlash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, 2026-yil tayanch doktoranturaga, 2026-yil 1-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari hamda 2026-yil DSc doktoranturaga qabul suhbati muhokama qilindi.