Universitetning iqtisodchi talabalari uchun o’quv seminar-trening tashkil etildi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2022/04/photo_2022-04-05_23-00-22-1024x768.jpg)
5-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tashabbusi bilan universitetimizning iqtisodchi talabalari uchun o’quv seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda Moliya vazirligi vakillari tomonidan moliya sohasidagi islohotlar, tashabbusli byudjetlashtirishning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirish mexanizmlari bo’yicha ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida talabalar sohaga oid savollariga javob oldilar.