«V Sharqshunos talabalar festivali» doirasida rus tilida «Kahoot» enerjayzer oʻyini boʻlib oʻtdi
#kahoot
🔺2024-yil 15-noyabr kuni TDSHUda «V Sharqshunos talabalar festivali» doirasida rus tilida «Kahoot» enerjayzer oʻyini boʻlib oʻtdi.
✅Ushbu loyihada universitet doirasida umumiy 40 ga yaqin jamoa ishtirok etdi.
🏆Qiziqarli va bahslarga boy tarzda oʻtgan ushbu intellektual ringda Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar institutining «WINX + 1» jamoasi birinchilikni egallagan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakultetining «Конкистадоры» jamoasi hamda uchinchi oʻrinni esa Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar institutining «Kryptonite» jamoasi qoʻlga kiritdi.
🎗Eslatib oʻtamiz, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar festival yakunida universitet rahbariyati tomonidan belgilangan miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.




