VYETNAM TILI VA MADANIYATI MARKAZI
Markaz direktori | ABDURASHIDOVA NOZIMAXON XABIBULLAYEVNA | |
Qabul vaqti: | Haftaning ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha | |
Tel: | +99893 531 23 48 | |
e-mail: | nozimaxon_abdurashidova@tsuos.uz |
Markazning vazifalari
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vyetnam madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va vyetnam tilini har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vyetnam davlatining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan oʻrganish;
– Vyetnam tili bo‘yicha ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash, shuningdek, mahalliy va vyetnamlik hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, ilmiy loyihalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;
– Vyetnam va O‘zbekistondagi til vaziyati, vyetnam va o‘zbek tillarini, vyetnam va o‘zbek madaniyatini qiyosiy oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda uning natijalarini taʼlim jarayoniga bevosita qoʻllash orqali vyetnam va o‘zbek tillari va madaniyatini dunyo miqyosida targʻib etish;
– Vyetnamshunoslik tadqiqi hamda Vyetnam davlati yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatinining tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til, adabiyot, tarix, iqtisodiyot va siyosatshunoslik bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlarining mazmun-mohiyatiga zamon ruhi singdirilgan tavsiyalar ishlab chiqish;
– Vyetnam madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va vyetnam tiliga oid asarlarni o‘zbek tiliga va aksincha, O‘zbekiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va o‘zbek tiliga oid asarlarni tarjima va nashr qilish orqali har ikki mamlakat qadriyatlari va milliy madaniy merosini dunyoga tanitish;
– Vyetnamshunoslikning rivoji, taraqqiyoti va istiqboli boʻyicha Vyetnam davlatining hamkor OTMlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;
– Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;
– Markaz ilmiy-tadqiqot natijalarini muntazam ravishda yoritib borish maqsadida Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallar va soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni xorijiy, xususan, Scopus va web of science ilmmetr bazalarida indekslanuvchi nashrlarda hamda respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;
– Respublikada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun markaz qoshida “Ilmiy ish yozish asoslari” kurslarini tashkil etish;
– Markaz ishiga yurtimiz va Vyetnam davlatida faoliyat olib borayotgan yetakchi Vyetnamshunos olimlarni jalb qilish;
– Vyetnam madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va vyetnam tilini tadqiq va tahlil eta oladigan vyetnamshunos mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;
– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, Vyetnam davlatining yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va OTMlari bilan hamkorlikda ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish;
– Universitetda vyetnamshunoslik yoʻnalishida bajariladigan tadqiqot ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash.
- Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
– Vyetnamshunoslikning dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;
– Universitetning va Markazning tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;
– Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;
– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;
– Vyetnam madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va Vyetnam tili boʻyicha amalga oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;
– Vyetnam madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va vyetnam tili boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
– Vyetnam madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va vyetnam tilini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali Oʻzbekiston va Vyetnam davlatlarining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi;
– Vyetnamshunoslikning turli yoʻnalishlari va dolzarb masalalari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.