“Xalqaro hindiy tili” kuni
Har yili Hindistonda 10-yanvar “Xalqaro hindiy tili” kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan, 2022-yil 10-yanvar kuni “Hindiy tili va uning istiqboli” mavzusida chet ellik mutaxassislar ishtirokida onlayn vebinar tashkil etildi. Vebinarda O‘zbekistondan TDSHU professori Ulfatxon Muxibova “O‘zbekistonda hindiy tilining o‘qitilishi va istiqboli” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.