Xalqaro aloqalar va KPI masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-yil 9-yanvar kuni Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar institutida professor-o‘qituvchilar uchun “Xalqaro aloqalar: KPI holati, rejalar va takliflar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori N. Karimov, bo‘lim boshlig‘i Sh. Salimov hamda institut jamoasi ishtirok etdi. Uchrashuv davomida universitetda xalqarolashuvni yanada takomillashtirish bo’yicha taklif va mulohazalar bildirildi.




