Xalqaro e’tirof
2018 yilning 7-8 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida “Turk dunyosi: ta’lim va ijtimoiy sohalar” mavzusida 2-xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Toshkent davlat sharqshunoslik institutidan rektor f.f.d., prof. A.Mannonov va o‘qituvchi f.f.d. P.Kenjayeva o‘zining ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Konferensiyada 800 ta tadqiqotchi- olimlar ishtirok etishdi. 2 kun davom etgan xalqaro konferensiyada ta’lim va ijtimoiy sohalardagi yangiliklar, o‘zgarishlar haqida ilmiy ma’ruzalar qilindi. Konferensiyada yuqori saviyadagi ma’ruza ishtirokchilari uchun alohida mukofotlar ta’sis etildi. 800ta ishtirokchidan 25tasi uchun “Dada Qo‘rqut” mukofoti berildi. O‘zbekistonlik olimlar TDShI rektori A.Mannonov va TDShI o‘qituvchisi f.f.d. P.Kenjayeva ham “Dada Qo‘rqut” mukofoti bilan taqdirlandi.