Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda: TDSHUda Mo‘g‘uliston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

24.03.2026, 15:24 Yangiliklar 167

2026-yil 24-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Mo‘g‘ulistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Daadanxuu Batbaatar boshchiligidagi rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif dasturi doirasida delegatsiya a’zolari universitet muzeyi bilan tanishib, unda jamlangan noyob tarixiy manbalar, ilmiy meros hamda TDSHUning shakllanish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot oldi. Shuningdek, universitetning zamonaviy tuzilmasi, ustuvor ta’lim yo‘nalishlari va xalqaro faoliyati yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi:
Mo‘g‘uliston oliy ta’lim muassasalari bilan institutsional hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini joriy etish;
TDSHUda tashkil etiladigan yozgi maktab dasturlariga mo‘g‘ulistonlik talabalarni jalb qilish;
Mo‘g‘uliston hududidagi qadimiy turkiy bitiklarni o‘rganish;
Elchixona ko‘magida ushbu merosga bag‘ishlangan hujjatli film yaratish;
Ikki davlat oliygohlari o‘rtasida qo‘shma tarixiy va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish

Mazkur tashrif ikki tomonlama akademik aloqalarni tizimli rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish hamda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.