Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

XALQARO ILMIY ANJUMAN E’LON

27.08.2022, 13:49 E'lonlar 2540

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI “Markaziy va Janubiy Osiyo: madaniyatlararo muloqot chorrahasida”

MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY ANJUMAN

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1533-sonli qarori ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash yo’lida tashkil etilayotgan mazkur konferensiya 2022 yilning 8-9 oktabr kunlari bo’lib o’tadi. Konferensiya quyidagi sho‘’balarda tashkil etiladi:

1. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari

2. Madaniyatlararo muloqot va tarjima muammolari

3. Tarixiy aloqalar, tarixshunoslik va falsafa bo‘yicha tadqiqotlar

4. Matnshunoslik va manbashunoslik masalalari

Konfernsiya materiallari quyidagi mavzularni qamrab oladi :

  •  Janubiy Osiyo mamlakatlari tilshunosligining dolzarb muammolari;
  •  Janubiy Osiyo tillarini qiyosiy-tipologik o‘rganishning bugungi kun muammolari (Janubiy Osiyo tillarini diaxron hamda sinxron aspekda o‘ganish masalalari);
  •  Janubiy Osiyo mamlakatlari adabiy jarayonlarida o‘zaro ta’sir masalalari: qadim, o‘rta asrlar va yangi davr (Janubiy Osiyo mamlakatlari adabiy aloqalarining bosqichlari va yangi qirralari;)
  • Hind adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga, o‘zbek adabiyoti sara asarlarlarining hind tillariga tarjima masalalari;
  •  Janubiy Osiyo mamlakatlari madaniyati va san’ati hamda ularning O‘zbekistonda o‘rganilishi;
  •  Hindistonda Boburiylar davri: til, adabiyot, tarix va madaniyat;
  • Hindiston va O‘zbekiston madaniy aloqalari mustaqillik davrida;
  • Hindiston va Markaziy Osiyo aloqalarining tarixiy ildizlari.

Maqolalar quyidagi talablar bo‘yicha tayyorlangan bo‘lishi kerak:

1. Maqolalar o‘zbek, rus, hindiy, urdu va ingliz tillarida qabul qilinadi.

2. Maqolaning umumiy hajmi 8-10 bet.

3. Matn formati MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 1,5 interval, 14 kegel (yozma va elektron variantda) topshirilishi shart.

4. Maqola matni tahrir qilingan holda A-4 o‘lchovida, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib, rasmiylashtiriladi.

5. Maqolaning tepa qismi o‘rtasida maqolaning nomi bosh harflar bilan to‘q shriftda beriladi. Keyingi qatorning o‘rtasida muallif haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim: familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi (oliy o‘quv yurti nomi, shahar, mamlakat), telefon raqami va elektron manzili kursivda beriladi.

6. Annotatsiya va kalit so‘zlar uch tilda: o‘zbek, rus, ingliz tillarida yoziladi. Annotatsiya hajmi masofalarsiz 250 belgidan oshmasligi kerak. Kalit so‘zlar: 5-6 ta so‘z. 7. Qabul qilingan materiallar anjuman materiallari to‘plami sifatida nashr qilinadi.

8. Har bir maqola uchun elektron DOI olinadi va ularning har biri Google Scholarga indekslanadi.

9. Anjuman mavzusiga, ilmiy me’yorlarga va texnik talablarga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi.

10. Ma’ruza matnlari quyidagi tartibda shakllantirilishi lozim:

• Annotatsiya, tayanch so’zlar

• – Kirish

• – Asosiy qism

• – Xulosa

• – Adabiyotlar

Maqolalar anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan

fikrlar asosida, amaliy tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim.

Maqolalarning elektron nusxasini 2022-yil 15 sentyabriga qadar quyidagi adresga jo’natishingiz so’raladi:

Telegramm: https://t.me/+Cu_mxrKK8r0yNzIy

Email address: sharaxmetva@mail.ru; rakhmatjanova@mail.ru