Xalqaro konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-martdagi 178-F-sonli Farmoyishiga muvofiq o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston-Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz.
Konferensiya 2018-yilning 17-noyabr kuni soat 10.00da Wyndham Tashkent mehmonxonasining “Ipak yo‘li” zalida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, M-4. 7/8.