Xalqaro kuzatuvchilar Shabir Ahmad Xan va Adam Saudning TDSHUga tashrifi
2021-yil 24-oktabrda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasining Peshavor universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo mamlakatlarini o‘rganish markazi direktori Shabir Ahmad Xan va Islomobod Baxriya universiteti fakulteti dekani Adam Saud 2021-yil 25-oktabrda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdilar.
Mazkur uchrashuv jarayonida mehmonga TDSHU faoliyati, shu jumladan, urdushunoslikni rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi hamda ikki OTM o‘rtasida istiqbolda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, TDSHUda urdu tilidan tahsil olayotgan talabalar bilan mehmonlar o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi.
TDSHU matbuot xizmati