Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Xalqaro taʼlim masalalari Vestminster universitetida muhokama qilindi

05.03.2026, 09:51 Yangiliklar 87

2026-yil 3-4 mart kunlari TDSHU rahbariyati va professor-o’qituvchilari Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universitetida “Sifatni taʼminlash va rivojlanish sharoitida inklyuzivlik” mavzusida xalqaro simpoziumda ishtirok etdilar. Unda oliy taʼlim rahbarlari va sohadagi mutaxassislar transmilliy taʼlimni kengaytirish, taʼlim sifati va ochiqligini taʼminlash, talabalar hamda jamiyat uchun samarali natijalarga erishish masalalarini muhokama qildi.

Simpozium Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universiteti, Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda “TNE Good Practice Network” tashkiloti hamkorligida tashkil etildi. Tadbir Oʻzbekiston–Buyuk Britaniya taʼlim forumlari doirasidagi hamkorlikning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Simpoziumning ikkinchi kuni ishtirokchilar Toshkentda transmilliy taʼlim dasturlarini amalga oshirayotgan oliy taʼlim muassasalariga tashrif buyurdilar.