Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Talabalar uchun xalqaro ta’lim yarmarkasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

21.10.2025, 17:56 Yangiliklar 377

2025-yil 21-oktabr kuni Toshkent shahridagi “Wyndham” mehmonxonasining “Ipak yo‘li” zalida Gyeongguk Milliy Universiteti (GKNU) va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro talaba yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Koreyada o‘qish istagidagi talabalar, ota-onalar hamda ta’lim sohasi vakillari ishtirok etishdi. Yarmarka davomida ishtirokchilarga Koreyada ta’lim olish imkoniyatlari, GKNU dasturlari va Toshkentda ochilishi rejalashtirilayotgan GKNU Koreys tili markazi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir davomida Koreyashunoslik oliy maktabi boshlig‘i Yeon Sangheum janoblari o‘z tabrik nutqini so‘zlab, yangi tashkil etilayotgan GKNU Koreys tili markazining ahamiyati, shuningdek, ikki oliygoh o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik istiqbollari va yangi markazning yoshlar uchun yaratadigan imkoniyatlari haqida alohida ta’kidladi.

Mazkur markaz kelgusida Gyeongguk Milliy Universitetining bosh kampusiga rasmiy kirish yo‘li sifatida faoliyat yuritadi hamda talabalar uchun tizimli, sifatli ta’lim yo‘nalishini shakllantirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirildi va hamkorlik doirasidagi kelgusi loyihalar haqida ma’lumot berildi.