Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro universitetlar hamkorligida seminar

2023-yil 10-mart va 16-mart sanalarida TDSHU “Urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati”,  “Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo” tillari kafedralari NUML (National University of Modern Languages) (Islomobod, Pokiston) universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo davlatlarida urdu tili va adabiyoti ravnaqi” nomli 1 kunlik (online) xalqaro seminar va “The woman University of Multan” (Multon, Pokiston) universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston va Pokiston xalqlari o‘rtasidagi lisoniy-adabiy, madaniy-ma’rifiy mushtaraklik” nomli 1 kunlik (online) xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarlarda National University of Modern Languages Universitetining professor-o‘qituvchilari (Foziya Aslam, Jamil Asg‘ar Jami, Naim Mazhar), “The woman University of Multan”  universitetining professor-o‘qituvchilari, Xazara Universiteti dotsenti Muhammad Altaf Yusuf Zai, “Urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati” kafedrasi, “Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo” tillari kafedralarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok ettilar.

National University of Modern Languages Universitetining professor-o‘qituvchilari fakultet, kafedralar faoliyati, o‘qitiladigan tillar, universitet tizimi haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shundan so‘ng, bizning universitet professor-o‘qituvchilari ham universitet faoliyati, urdu va hindiy tillar tarixi, urdu tili rivojiga ulkan xissa qo‘shgan olimlar ijodi va faoliyati, ular chiqargan ilmiy kitoblar, darsliklar, lug‘atlar, tarjima asarlar haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, kafedra ustozlari o‘zlari olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari xususida fikr bildirdilar.

1 2

30.03.2023, 16:15 1053