Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xitoy fililogiyasi kafedrasi

 

  NAZAROVA SAYYORA ANVAROVNA
Ilmiy darajasi va unvoni Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99893508-35-82
E-mail: sayera_nazarova@tsuos.uz

“Xitoy filologiyasi” kafedrasi

Xitoy filologiyasi kafedrasi 1918-yili Turkiston Sharqshunoslik universitetining avlodi hisoblanadi. Bu davrda XX – asrning unutilmas siymolari orasida shu dargohga asos solgan ustozlarimiz I.A.Kissen va U.M.Mamatoxunovalar xissalari nafaqat xitoyshunoslik, balki jahon tilshunosligi va adabiyotshunosligi rivojlanishida salmoqli iz qoldirganini alohida tilga olish darkor. Keyinchalik kafedraning yuksalishida katta o‘qituvchilar O.A.Vagin, N.Xoxlov, I.Ro‘zboqiev, M.I.Muldakulova, G.I.Larionov, N.O.Levushkina, M.I.Molojatovalar o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdilar. Fakultetning ilk tashkil etilgan damlarida B.A.Pestovskiy tomonidan xitoy tili va adabiyoti fanlaridan ma’ruzalar o‘qilar edi. 1924-yili Turkiston sharqshunoslik universiteti TDUga (hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitet) sharqshunoslik fakulteti sifatida qo‘shiladi. Bu davrga kelib xitoy tili o‘qituvchilari safiga ushbu til bo‘yicha 304 betlik “Zamonaviy xitoy tili grammatikasi” kitobini yaratgan yirik tilshunos professor Ye.D.Polivanov qo‘shiladi. 1930-yili sentyabr oyiga kelib Milliy universitetning sharq fakulteti o‘z faoliyatini to‘xtatadi. 1944-yilda esa qayta tiklaydi. 1951-yili bu fakultetda katta o‘qituvchi M.I.Molojatovaning yetakchiligida fakultet kafedralarining biri bo‘lgan uyg‘ur filologiyasi kafedrasining qoshida talabalarga xitoy tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

1957-yili uyg‘ur filologiyasi o‘rniga O‘zbekiston maorif tarixida birinchi marotaba xitoy filologiyasi kafedrasi tashkil etildi. O‘sha davrda O‘zbekistonda tashkil etilgan kafedra nafaqat mamalakatimizda, balki, butun O‘rta Osiyoda xitoyshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha Sobiq Ittifoqda xitoyshunos mutaxassislarni tayyorlab beruvchi yagona markaz edi. Kafedraning bosib o‘tgan ilmiy yo‘llarini sarhisob qiladigan bo‘lsak, kafedra 1980-yilga kelib, nafaqat Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, Qirg‘iziston respublikalari), balki Bolgariya, Mo‘g‘uliston, Polsha hamda Laos kabi mamlakatlarga xitoyshunos olimlarni yetkazib bera boshladi. Demak, bu o‘tgan asrning 70-80 yillariga kelib xitoy filologiyasi kafedrasi xalqaro kafedra sifatida faoliyat olib borganligidan dalolat beradi.

2014-yil 2-sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining PQ-2228-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga binoan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tarkibida Xitoyshunoslik fakulteti ochildi. Xitoy filologiyasi shu fakultet tarkibiga kiritilidi va “Xitoy filologiyasi” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko‘rsata boshladi.

Kafedraning ilmiy loyhasi

  • Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish (BMI, MD, PhD mavzulvri bo‘yicha tadqiqotlar olib borish)
  • Ilmiy-tadqiqot loyihalari tayyorlash
  • Tahliliy materiallar tayyorlash

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Adabiyot muzeyi.
  • O’zFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi sharq qo‘lyozmalar markazi
  • ToshDShU huzuridagi Konfutsiy instituti
  • ToshDShU qoshidagi Yunusobod tuman 325-sonli akademik litseyi
  • Pekin chet tillar va madaniyat universiteti
  • Pekin markaziy universiteti
  • Shanxay universiteti
  • Sinjon pedagogika universiteti
  • Lanjou universiteti
  • Sian universiteti
  • Shenyan universiteti

Kafedraning faoliyati bo‘yicha fotolavhalar

 

28.01.2023, 14:41 23810