Xitoyshunoslik fakultetida “Kuy-qo’shiq va raqs festivali”
14-dekabr kuni ToshDSHIning Xitoyshunoslik fakultetida O’zR Prezidenti ilgari surgan 5 ta tashabbusning 1-yo’nalishi, ya’ni “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini ishirish, iste’dodini yuzaga chiqarish” bo’yicha “Kuy-qo’shiq va raqs festivali” bo’lib o’tdi. Fakultetda tahsil oluvchi barcha akademik guruhlardan 20 ga yaqin kuy-qoshiq va raqslar turli tillarda (o’zbek, rus, xitoy, ingliz, tojik) ijro etildi. Iste’dodli talabalarning ijrolari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi. Tadbir yakunida eng yaxshi qo’shiq va raqslar ijrochilari esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Mazkur tadbir talabalarning takliflari va erkin ijodiy chiqishlari asosida tashkil etilib, ularning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga xizmat qildi. Ishtirokchilarda 2-kurs talabasi Dilfuza Iskandarova, 3-kurs talabasi Dilshod Ikromov, 1-kurs talabasi Muxlisa Isamuhamedovalarning chiqishlari katta taassurot qoldirdi.