Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy anjuman

06.06.2016, 13:06 Yangiliklar 3409

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 2016-yil 6-iyun kuni “Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusida Vazirlik miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Ushbu anjumanda  xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi va tarixshunosligining ilmiy-nazariy hamda uslubiy masalalari, xorijiy tillardagi manbalarda Sharq mamlakatlari tarixining o‘rganilishi, Sharq mamlakatlarining rivojlanishi tarixi masalalari, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari tarixi kabi masalalar muhokama qilindi. Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent islom universiteti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti olimlari, tarixshunoslari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Ilmiy anjuman davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan “Xorijiy tillardagi tarixiy asarlarning ilmiy tadqiqi va tanqidiy tahlili asosida Sharq mamlakatlari tarixiga oid zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy ilmiy tadqiqot loyihasi rejasi doirasida tashkil qilinib, unda loyiha a’zolari tomonidan yaratilgan “Hindiston tarixi”, “Pokiston tarixi”, Hindiston bo‘yicha rus tilida yaratilgan mamlakatshunoslikka oid o‘quv qo‘llanmalar taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, anjumanning ilmiy to‘plami hamda magistrant va talabalarning ilmiy izlanishlari aks etgan sharq mamlakatlari tarixiga oid maqolalari jamlangan to‘plam ham ishtirokchilarga taqdim qilindi.