Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Xorijiy tillar fan olimpiadasining yakuniy natijalari ma’lum qilindi!

14.11.2025, 10:36 Yangiliklar 420

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan xorijiy tillar fan olimpiadasi 43 ta oliy ta’lim tashkilotidan 126 nafar talabani birlashtirdi va ular ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon va arab tillarida o‘z bilim va iste’dodlarini namoyon etdilar.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi 3-kurs talabasi Yoʻldoshev Shahobiddin Arab tilidan 1-oʻringa sazovor boʻldi.

Yaponshunoslik oliy maktabi 4-kurs talabasi Odilova Nasiba Akbar qizi Yapon tilidan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!