XORIJIY TILLARNI O‘QITISH ILMIY-METODIK MARKAZI
Markaz direktori | RAXMANBERDIYEVA KARIMA SAYDANOVNA | |
Qabul vaqti: | Har kuni (8:00-16:00) | |
Tel: | +998 71 233 52 24 | |
e-mail: | karima_raxmanberdiyeva@tsuos.uz |
Markazning vazifalari
- O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.
- Xorijiy tillarni o‘qitish jarayonini ilmiy metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.
- Xorijiy tillarni o‘qitish jarayonini ilg‘or fan yutuqlari asosida takomillashtiradi.
- Xorijiy tillar o‘qituvchilarini me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlaydi.
- Kafedralarning o‘quv jarayonidagi ilg‘or yutuqlarini ommalashtiradi.
- Xorijiy tillar o‘qituvchilarining malakasini oshiradi.
- Xorijiy tillar o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati natijalarini baholashga qaratilgan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ish materiallarini qamrab oluvchi elektron resurslar majmuasini (elektron portfolio) yaratadi va uni baholash parametrlarini ishlab chiqadi.
- Me’yoriy-huquqiy hujjatlarni doimiy ravishda takomillashtiradi.
- Xorijiy tillarni o‘qitish ilmiy-metodik markazining istiqbolli rejasini ishlab chiqish va uni Universitet ilmiy kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etadi.
- Xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari, trening, seminar, master klass va konferensiyalar tashkil etadi.
- Ilmiy va metodik bilimlarni oshirishga qaratilgan dastur va kurslarni ishlab chiqadi. (qo‘shma dasturlar)
- Yangi metodik usullar, strategiya va texnologiyalarni ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.
- Xorijiy tillar o‘qituvchilari va til o‘rganuvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash uchun testlar, maxsus instrumentlar va baholash tizimlarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.
- Xorijiy tillar o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv adabiyotlar, monografiya va risolalarni maxsus ekspertlar tomonidan tahlil qiladi.