XXR delegasiyasi TDSHUga tashrif buyurdi
Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan Xitoy Etnik ishlar bo‘yicha Milliy komissiyasi rahbari Pan Yue boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif doirasida, 2023- yil 21- sentyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya vakillari TDSHU rahbariyati bilan uchrashib, universitetda Xitoyshunoslik sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va akademik faoliyat haqida fikr almashdilar. Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.