Yangi 2023/2024-o’quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi
2023- yil 4- sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yangi 2023/2024- o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet professor-o‘qituvchilari, bu yil 1- bosqichga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirni universitet rektori professor G.Rixsiyeva ochib berdi, universitet jamoasini yangi 2023-2024 o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlab, yangi o‘quv yilida barchaga kuch-quvvat tiladi. Yuqori shukuhda o’tgan tadbirdan so’ng talabalarga Mustaqillik darslari tashkil etildi.