Yangi avlod – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
2025-yil 20-iyun kuni TDSHU vakillari va talaba-yoshlari “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida tashkil etilgam 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi avlod — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” mavzusidagi ma’naviy-madaniy tadbirda ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda so‘zga chiqqanlar Yangi O‘zbekistonning bilimli va iqtidorli yoshlarini bayram bilan tabriklab, ularning yurtimiz va xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi hissasi, yetakchilik salohiyati, ijodkorligi, kuch-g‘ayrati va shijoati mamlakatimiz taraqqiyoti hamda jahon hamjamiyatining barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganini alohida e’tirof etib, samimiy qutladilar.
Shuningdek, tadbir davomida shoirlar, san’atkorlar tomonidan Vatanni madh etuvchi turli she’rlar, qo‘shiqlar ijro etilib, ko‘ngilochar badiiy chiqishlar namoyish etilgani ishtirokchilarda yorqin taassurot qoldirdi.








