Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yangi kitob “TARJIMA VA TIL”

14.12.2024, 15:45 Yangiliklar 202

Yangi kitob TARJIMA VA TIL

photo_2025-01-07_13-30-59  photo_2025-01-07_13-30-59 (2)
2024-yilning so‘nggi kunlarida tarjimashunos olim Zuhriddin Isomiddinovning 70 yillik yubileyi munosabati bilan ustozning turli yillarda chop etilgan va yangi, hali bosilmagan maqolalari joy olgan “Tarjima va til” kitobi “Adabiyot” nashriyotida chop etildi. Ushbu kitobda O‘zbekistonda tarjimon mutaxassislarni tayyorlash, adabiy aloqalar, badiiy tarjimaga oid masalalar, ustozlar haqidagi xotiralar, shuningdek, til va adabiyot bilan bog‘liq boshqa dolzarb muammolar xususida so‘z boradi. Badiiy tarjima va ona tilimiz masalalariga qiziqqan talabalar, tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan kitobni TDSHU Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi tayanch doktoranti Kamola Rasulova to‘plab, nashrga tayyorlagan, kafedra professori Xayrulla Hamidov kitobga so‘zboshi yozgan va mas’ul muharrirlik qilgan.