Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Yangiqo‘rg‘onda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

29.11.2025, 17:03 Yangiliklar 114

2025-yil 29-noyabr kuni Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tuman 1- sonli politexnikumida Yangiqo‘rg‘on turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik uchrashuvi o’tkazildi.
Uchrashuvda Yangiqo‘rg‘on tuman hokimi Najmiddinov Asadulla Ikramovich va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, PhD Bobir Odilov qatnashdilar hamda tumanning turizm salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida B.Odilov tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanida mavjud turistik resurslari, tarixiy-madaniy obidalari, tabiiy manzillar haqida tumandagi mehmonxona xodimlari, sayohlik xizmati bilan shug’ulanuvchi tadbirkorlar hamda mahalliy aholiga xususan yoshlarga batafsil malumotlar berildi.

Kelgusida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini shakllantirish, mahalliy aholi bandligini oshirish va hudud iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar berildi.

Tuman hokimligi tomonidan Yangiqo‘rg‘on turizm brendini yaratish, axborot-taqdimot materiallarini ishlab chiqish, gid-kadrlar tayyorlash hamda hududda ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini bildir­dilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar Yangiqo‘rg‘on tumanining turizm salohiyatini yuksaltirish va bu boradagi o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.