Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

YAPONIYA XALQARO FONDINING YAPON TILI TA’LIMI INSTITUTIDA MADANIYATLARARO MULOQOT LOYIHASI

23.02.2026, 16:04 Yangiliklar 61

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), xususan SDG 4 — “Sifatli ta’lim”, SDG 12 — “Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish” va SDG 13 — “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash” yo‘nalishlari doirasida “Madaniyatlararo muloqot” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha 2025-yilgi qishki pedagogik malaka oshirish dasturi doirasida tashkil etilib, yapon madaniyati misolida madaniyatlararo kompetensiyalarni shakllantirishga qaratildi.

Mashg‘ulot jarayonida an’anaviy yapon madaniyatidagi “o‘rash” va “bog‘lash” tushunchalari, ularning tarixiy, ijtimoiy va ma’naviy mazmuni madaniyatlararo tahlil asosida yoritildi. Ishtirokchilar o‘z milliy madaniyati bilan yapon madaniyati o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlash orqali tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Ekologik ong, qayta foydalanish va chiqindilarni kamaytirish g‘oyalari muhokama qilinib, ularning global ahamiyati ochib berildi.

Loyihada 4 nafar professor-o‘qituvchidan iborat jamoaviy guruh — Xalmurzaeva Nodira (Uzbekiston), Akharov Yerlan (Kazahston), Nusuvalieva Jyldiz (Kirgiziston) va Trinh thi Phuong Thao Vetnam) hamkorlikda faoliyat olib bordi hamda “Yapon madaniyati” yo‘nalishida amaliy loyiha ishlab chiqildi. Loyiha doirasida an’anaviy qadriyatlar va zamonaviy global muammolar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik asoslab berildi. Amaliy bosqichda furoshikidan foydalanish usullari sinovdan o‘tkazilib, jamoaviy hamkorlik va ijodkorlik kompetensiyalari mustahkamlandi.
Natijada madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish, barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda global fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy tajriba orttirildi.