Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yaponiyadan tashrif, ta’lim sifati oshirilmoqda

30.03.2023, 19:19 Yangiliklar 1189

YAPONIYADAN TASHRIF TA’LIM SIFATI OSHIRILMOQDA
Sizga ma’lumki,  Yaponshunoslik fakultetida  mart oyida bir oy mobaynida Yaponiya madaniyati bilan tanishish, Yaponiyaning  tilshunoslik sohasidagi erishayotgan yutuqlari bilan tog‘ridan-to‘g‘ri tanishish imkoni bo‘ldi.
BMTning BRM doirasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar asosida turli tadbirlar, ilmiy anjuman va ma’ruzalar tashkil etildi. Jumladan,  sifatli ta’limni tashkil etish, barqaror rivojlanish yo‘lidagi hamkorlikni  yanada rivojlantirish maqsadida Universitetimizga Yaponiya davlat yapon tili va lingvistikasi ilmiy tadqiqotlar instituti professori  maxsus ma’ruzalar o‘tkazish uchun taklif etildi.

IMG_20230330_191450_593
2-martdan 31- martga qadar Universitetimizda  dunyo yaponshunoslari orasida alohida hurmatga sazovor, yapon tilini qiyosiy va chog‘ishtirma  tilshunoslik sohasida keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan,  Yaponiya davlat yapon tili va lingvistikasi ilmiy tadqiqotlar instituti professori, tilshunos  Prashant Pardesh  ilmiy ma’ruzalar olib bordi.
Professor Prashant Pardeshining   ilmiy ma’ruzalarida     Yapon tilining qiyosiy tipologik xususiyatlari, chog ‘ishtirma tahlil usullari orqali yapon tilining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlar bilan birgalikda, til nima, tilshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati nimalardan iborat ekanligi haqidagi keng qamrovli mulohazalar berib borildi.
Ma’ruzalarda Yaponshunoslik fakultetining talabalari, magistrantlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, shuningdek, Yapon filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari  qatnashdilar.
Ma’ruzalar  qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tidi.