Yaponiyalik ko’ngillilar ishtirokida universitet hududida manzarali ko’chatlar o’tqazildi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihaga ham start berildi. Bu loyihani ijrosini amalga oshirish maqsadida Yaponshunoslik fakultetiga 30 nafar yaponiyalik ko’ngillilar va professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Orol muammosi yuzasidan davra suhbati va universitet hududida tup daraxt ekish ishlari amalga oshirildi.
Yaponiyalik ko’ngillilarning yurtimizga safari mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi ko’magida OISCA tashkiloti tomonidan tashkil qilindi. Tashrif davomida yapon ko’ngillilari Orol dengizining qurigan 10 gektar tubiga 10 ming tup daraxt ko’chatlarini ekish ishlarini amalga oshirishdi.