Yaponiyaning “Ajinomoto Co., Inc.” kompaniyasi vakillari TDSHUga tashrif buyurdi
2025-yil 11-sentabr kuni Yaponiyaning yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri “Ajinomoto Co., Inc.” kompaniyasi katta vitse-prezidenti va ijrochi direktori Yoshiteru Masay boshchiligidagi delegatsiya talabalar bandligini ta’minlash va ularni ishga joylashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi.
1909-yilda Yaponiyada tashkil etilgan, shtab-kvartirasi Tokioda joylashgan “Ajinomoto” oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika va kosmetika sohalarida faoliyat yurituvchi yirik xolding va original mahsulotning ilk ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya o‘z brend mahsulotini O‘zbekiston bozoriga chiqarish maqsadida mamlakatda qadoqlash va tarqatish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.




