Yaponiyaning nufuzli universitetlarida turli dasturlarda stajerovka yoki malakaviy amaliyot oʻtab kelgan talabalarning hisobot majlisi boʻlib oʻtdi.
BRM 4
“BRMning 17- Barqaror rivojlanish yo ‘lida hamkorlik” va “BRMning 4- Ta’lim sifati ” doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yaponshunoslik fakultetida universitetimizning xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirish boʻyicha Yoʻl xaritasida belgilangan vazifalarni amaldagi ijrosini taʼminlash maqsadida Yaponiyaning oʻnga yaqin eng nufuzli universitetlari bilan professor-oʻqituvchilar malaka oshirishi shuningdek, talabalar almashinuvi ham keng yoʻlga qoʻyilgan.
2021-2022-oʻquv yili davomida Yaponiyaning nufuzli universitetlarida turli dasturlarda stajerovka yoki malakaviy amaliyot oʻtab kelgan talabalarning hisobot majlisi boʻlib oʻtdi.
Taqdimotda fakultet professor-oʻqituvchilari va talabalar qatnashdi. Majlisda talabalarning Yaponiya mamlakati va oʻquv mashgʻulotlaridan olgan taassurotlari tinglandi.
Taqdimot soʻnggida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.