Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Yaponiyaning “Onodera User Run” kompaniyasi TDSHUga tashrif buyurdi

27.10.2025, 11:47 Yangiliklar 436

2025-yil 27-oktabr kuni TDSHUda Yaponiyaning “Onodera User Run” kompaniyasi rahbari Daiki Kimura boshchiligidagi vakillar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kompaniya xorijlik kadrlarga Yaponiyada ishlash va yashash uchun qulay sharoit yaratish, ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash hamda uzoq muddatli faoliyat yuritishlariga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning Filippin, Vetnam, Myanma va Kambodja davlatlarida filiallari mavjud bo‘lib, u yerda yapon tilini o‘qitish, malakali kadrlarni tayyorlash va ularni Yaponiyadagi tibbiyot hamda ijtimoiy parvarish sohalariga ishga joylashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Mazkur o‘quv markazida ta’lim olti oy davom etib, bitiruvchilar o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagach, Yaponiyaning yetakchi korxonalarida bevosita ishga joylashtiriladi.

Uchrashuvda o’zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, talabalar amaliyotini Yaponiyada tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan ta`minlash kabi masalalar muhokama qilindi.