Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Yaponiyaning yetakchi kompaniyalar vakillari universitet kitob fondiga yapon tilini o’rganayotgan talabalar uchun kitoblar jamlanmasini topshirdi

06.02.2026, 09:33 Yangiliklar 134

2025-yil 5-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Yaponiyaning bir qator yetakchi va nufuzli kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar universitetning Yaponshunoslik oliy maktabi talabalari, ilmiy-tadqiqotchilari hamda professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari universitet kutubxonasiga yapon tili, madaniyati va jamiyatini chuqur o‘rganishga xizmat qiluvchi adabiyotlarni sovg‘a sifatida topshirib, ushbu tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’limiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.