Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yaponshunoslik fakulteti

 elk MATCHANOV ELYOR OMONBOYEVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Katta o‘qituvchi
lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (10:00-12:00)
Tel.: +99893 599-26-13
E-mail:   ydec@tsuos.uz

YAPONSHUNOSLIK FAKULTETI

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti O‘zbekistonda yapon tilini rivojlantirish bo‘yicha yetakchilardan biridir. 1992-yilda tashkil etilgan “Yapon filologiyasi” kafedrasi yapon tilini o‘qitish bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi birinchi ta’lim muassasasidir. So‘nggi yillarda yaponshunoslik sohasidagi tadqiqotlar yangi fakultet tashkil qilinishiga sabab bo‘ldi. 2019-yil 4-dekabr kuni Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida Yaponshunoslik fakultetining tantanali ravishda ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur fakultetning ochilishi dunyoning yetakchi davlatlaridan biri Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi davrida mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Uning TDSHUda ochilishi yapon tili bo‘yicha o‘qitish jarayoni va tadqiqotchilik ishlarini birlashtirish, ushbu sohadagi yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish, o‘zbek yaponshunosligi darajasini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini beradi. Fakultet oldida turgan eng dolzarb vazifa nafaqat yapon tilidan ta’lim berish, balki yaponshunoslikni rivojlantirish, ya’ni yapon tilshunosligi, yapon adabiyoti, Yaponiya siyosati, iqtisodi, tarixi va ma’daniyati sohasida mutahassis va tadqiqotchi kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

Yaponshunoslik fakultetida har yili fevral-mart oylarida “Yaponshunoslar xalqaro, ilmiy va madaniy oyligi” o’tkazib kelinmoqda. Bu turkum tadbirlarda Yaponiydan professor-o‘qituchi va talabalar oflayn hamda onlayn shaklda qatnashib, O‘zbekistondagi yaponshunoslik sohasiga katta hissa qo‘shilmoqda.

   Fakultetning hamkor tashkilotlari:

  1. Toshkent shaxridagi Yunusobod akademik litseyi.
  2. O’zbekiston-Yaponiya markazi.
  3. “Ishga marhamat” Mono markazi
  4. Toshkent shaxridagi 81-o‘rta makab.
  5. Toshkent shaxridagi 133-o‘rta makab.

Fakultetning xalqaro xamkorligi:

  1. Tokio Chet Tillar Universiteti
  2. Xosey Universiteti
  3. Tsukuba Universiteti
  4. Vaseda Universiteti
  5. Sofiya Universiteti
  6. Aichi Universiteti
  7. Kioto Universiteti
  8. Kansay Universiteti
  9. Kanazava Universiteti
  10. Vakayama Universiteti
  11. Toyo Universiteti
  12. Osaka iqtisod va Huquq Universiteti
  13. Aichi Prefektural Universiteti
  14. Juntendo Universiteti
  15. Chiba Ilmiy tadqiqotla Universiteti
  16. Reigi Sahou Japan Assotsiyatsiyasi

Fakultetning bakalavriyat taʼlim yo‘nalishida:  (jami 307 talaba)

Asosiy til sifatida 270 talaba + 37 kechki
Ikkinchi til sifatida 160 talaba

Fakultetning magistratura mutaxassisligida: (jami 12 talaba)

Asosiy til sifatida talaba

Yaponiyada tahsil olayotgan talabalar: (jami 24 talaba)

Bakalavr yo‘nalishida 16 talaba
Magistratura yo‘nalishida 8 talaba

Yaponiyadan kelib TDShUda tahsil olayotgan talabalar: (jami 12 talaba)

Tokio Chet Tillari Universitetida 4 talaba
Xosey Universitetida 1 talaba
Tsukuba Universitetida 1 talaba
Kyoto Universitetida 3 talaba
Sofiya Universiteti 2 talaba
Rikkyo Universiteti 1 talaba

 

*Fakultet bo‘yicha jami professor-o‘qituvchilar soni 22 ta.

YAPON FILOLOGIYASI KAFEDRASI

Kafedraning birinchi mudiri sifatida dotsent Kim Mun Uk rahbarlik qilgan bo‘lsa, 1993-1999-yillarda kafedraga filologiya fanlari nomzodi N.Pak, 2000-2010-yillarda M.Ibrohimova, 2011-2013-yillarda filologiya fandari nomzodi, dotsent N.D.Kim, 2014-2018-yillarda katta o‘qituvchi E.O.Matchanov mudirlik qildi. Xozirgi kunda kafedraga PhD doktori N.T.Xalmurzayeva rahbarlik qilmoqda.

Yapon filologiyasi kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor- o‘qituvchilarning aksariyati aynan yapon filologiya kafedrasining bitiruvchilaridir. Kafedrada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yosh va malakali o‘qituvchilar o‘z kasbiga fidokorligi bilan ajralib turadi. Bu o‘qituvchilar bilan bir qatorda kafedra tashkil etilgan birinchi kundan boshlab o‘z hissasini talabalarni malakali va sifatli tayyorlashga qo‘shgan yaponiyalik mutaxassis Sugano Reyko ham hizmatlari kattadir. Uning O‘zbekistonda yaponshunoslikni rivojlanishga qo‘shgan hissasini alohida e’tiborga olinib, 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Sugano Reykoning yapon kafedrasi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda 2010-yilda nashr etilgan “Yapon tili darsligi” nomli 1-2 qismli va 2015-yilda nashr etilgan “Yapon tili darsligi – 3” nomli kitobi hozirgi kunda kafedra o‘qituvchilari va talabalari tomonidan foydalanilib kelinmoqda.

Shuningdek, ohirgi yillarda nashrga berilgan adabiyotlar:

  1. Sugano Reyko. “Yaponiyada til vaziyati va siyosati” . O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2021.
  2. Турапова Н.А. “Синхронный перевод”. Учебное посоие. Ташкент-2021.
  3. Турапова Н.А. “Лингвокультурологический анализ семантики соматических фразеологизмов японского и узбукского языков Atama(голова)”. Монография. Ташкент-2022.
  4. Фаткулина Л.Н. “Японский язык”. Учебное посоие. Ташкент-2021.
  5. Abduxamidova D.A. “Yapon tili” O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2021.
  6. Tursunova N., Turdaliyev O. “Sharqshunoslikka kirish” O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2021.
  7. Abduraximova D. “Yapon xalq ertaklarini o‘qish amaliyoti”. Mashqlar to‘plami. Toshkent-2021.

2006-yildan TDShUda Tsukuba universitetining O‘rta Osiyo ilmiy-tadqiqot markazi ochilib faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu markaz tashabbusi bilan har yili Tsukuba universiteti bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilarning ilmiy konferensiyalari o‘tkaziladi, konferensiya ishtirokchilarining ma’ruzalari to‘plam sifatida nashr qilinadi.

Kafedraning ilmiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

–   Yapon va o‘zbek tili o‘rganishning qiyoslash;

–   Badiiy matnlar tarjimasida nazariy va amaliy muammolari;

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriyat yo‘nalishi:

  1. Asosiy sharq tili (Yapon tili) 1-4 kurs.
  2. Chet tili (Yapon tili).
  3. Asosiy sharq tilining nazariy grammatikasi (Yapon tili).
  4. Asosiy sharq tili va o‘zbek tillarining qiyosiy grammatikasi

(Yapon tili).

  1. AShTdan maxsus kurs: Yapon iyeroglifikasi asoslari.
  2. Asosiy o‘rganilayotgan til leksikologiyasi.
  3. AShT fonetik tizimi (Yapon tili)
  4. AShT yozuv tizimi (Yapon tili)

Magistratura mutaxassisligi:

  1. O‘rganilayotgan mamlakatda (Yaponiya) til vaziyati.
  2. Yapon biznes nutqida xurmat kategoriyalarini qullash amaliyoti.
  3. Falsafiy qulyozmalarni o‘qish va tavsiflash.
  4. O‘rganilayotgan mamlakat (Yaponiya) tili tarixi.

 

“YAPONIYA TARIXI, MADANIYATI, SIYOSATI VA IQTISODIYOTI” KAFEDRASI

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektorining 2019-yil 1-noyabrdagi   № 01-863 buyrug‘iga asosan “Yaponshunoslik” fakulteti tarkibida “Yaponiya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi tashkil etildi.

Kafedra Yaponiya madaniyati, siyosati, tarixi va iqtisodiyoti bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishtirib chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishlarida Yaponiyaning ichki va tashqi siyosati, xalqaro va mintaqaviy munosabatlarda tutgan o‘rni, jahon siyosiy jarayonlaridagi ishtiroki, zamonaviy bosqichda Yaponiyaning iqtisodiyoti va moliya tizimi, mamlakatning innovatsion siyosati, Yaponiyadagi modernizatsiya jarayonlari, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish modellari, shuningdek, Yaponiya tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tarixiy bosqichlari, yapon siyosiy ta’limotlar tarixi o‘rganiladi.

Ta’lim yo‘nalishlari:

  • 5120700 – Siyosatshunoslik (Yaponiya)
  • 5231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Yaponiya iqtisodi)
  • 5120300-Tarix (Yaponiya)


photo_2022-09-20_14-35-45

IMG_0468

07.06.2024, 09:10 15284