Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yashil iqtisodiyot” fanini amalga oshirish

Universitetda ta’lim olib boruladigan 60411800 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) hamda 60411900 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va  faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yonalishlarining 2023/2024-oʻquv yili ishchi oquv rejalarida “Yashil iqtisodiyot” fani tanlov fanlar roʻyxatiga kiritildi.

Shuningdek, univeritetning iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlariga ixtisoslashgan kafedralari tomonidan Koreya, Yaponiya, Xitoy, Eron, Hindistondagi hamkor oliy ta’lim muassasalarining “yashil” iqtisodiyot va “yashil” oʻsish siyosati bo‘yicha dastur va o‘quv adabiyotlarini o‘rganib chiqich;

Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm kafedralariga mazkur fan sillabusini TDIUda ishlab chiqilgan sillabusdagi mavzular asosida shakllantirish;

Universitetning “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “O‘rganilayotgan mintaqa mamlakatlari iqtisodiyoti” hamda magistraturaning “Tashqi iqtisodiy faoliyat” mutaxassisligida o‘qitiladigan “Geoiqtisodiyot va milliy taraqqiyot xususiyatlari” fanlari o‘quv dasturlariga “Yashil iqtisodiyot” hamda “yashil o‘sish” siyosatiga oid mavzularni kiritish;

2023/2024-oʻquv yili bakalavriat bitiruvchilarining bitiruv-malakaviy ishi mavzulariga “Yashil iqtisodiyot”ni shakllantirishning xorij tajribasiga oid mavzular kiritish vazifalari belgilandi.

10.06.2023, 11:45 1327