«Yashil makon» umummilliy loyihasi
2025-yil 24-noyabr kuni TDSHUga biriktirilgan Mirobod tumani Fayzobod mahallasida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekologik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida universitet jamoasi tomonidan 400 tub turli manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Mazkur tashabbus atrof-muhitni obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.











