Yashnobod tumani xalq ta’limi bo’limi bilan o’zaro hamkorlik bitimi imzolandi
16-oktabr kuni Yashnobod tumanidagi 69-o’rta umumta’lim maktabida Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda ToshDSHI hamkorligida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va ta’lim samaradorligini oshirish vazifalariga bag’ishlangan, xususan, ToshDSHI va Yashnobod tumani umumta’lim maktablari o’rtasidagi ustoz-shogird an’anasini yo’lga qo’yish masalalari bo’yicha tadbir bo’lib o’tdi. Mazkur tadbir davomida ToshDSHI, tuman hokimligi va Xalq ta’limi bo’limlari o’rtasida o’zaro hamkorlik bitimi imzolandi.
Bitimga ko’ra, ToshDSHI professor-o’qituvchilari va talabalari bilan sohaga oid yangilikar, ta’limning rivojlanish istiqbollari, ta’lim mazmunini takomillashtirish, ta’lim-fan integratsiyasi, ilmiy tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, talabalar amaliyotini tashkil qilish va kelgusi vazifalarni belgilab olish yuzasidan Yashnobod tumanida joylashgan 29 ta o’rta va 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda doimiy uchrashuvlar o’tkazib boriladigan bo’ldi.