«YIL TALABASI» RESPUBLIKA KO‘RIK TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHIGA START BERILDI
DIQQAT TANLOV❗️
«YIL TALABASI» RESPUBLIKA KO‘RIK TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHIGA START BERILDI.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha oʻtkaziladi:
1️⃣-nominatsiya – «Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi»;
2️⃣-nominatsiya-«Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi»;
3️⃣-nominatsiya-«Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi»;
4️⃣-nominatsiya-«Yilning eng faol sportchi talabasi»;
5️⃣-nominatsiya-«Yilning eng faol iqtidorli talabasi»;
6️⃣-nominatsiya-«Yilning eng faol ijodkor talabasi»;
7️⃣-nominatsiya-«Yilning eng faol tadbirkor talabasi» .
❗️Mazkur tanlovda uzluksiz (akademik ta’tilsiz), kunduzgi ta’limda tahsil olgan 2,3,4-kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.
Oldingi yillarda ishtirok etib (1, 2 va 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan), g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzodlar tanlovda qayta ishtirok eta olmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga 14-noyabrgacha murojaat qilishingiz hamda yig‘ma jildingizni taqdim etishingiz lozim. Universitet bosqichi sanasi alohida e’lon qilinadi.
Ishtirokchilar o‘z yig‘ma jildiga faqatgina 2023-yilda erishgan yutuqlari, e’lon qilgan ilmiy ishlari va hokazolarni kiritishi lozim.
💸💸💸 Tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin sohibi – BHM ning 8 barobari;
2-o‘rin sohibi – BHM ning 6 barobari;
3-o‘rin sohibi – BHM ning 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy rag‘batlantiriladi.