Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yosh koreyashunoslarning onlayn anjumani

14.04.2020, 00:28 Ilmiy faoliyat yangiliklari 2027

2020 yil 13 aprel’ kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Yosh koreyashunos: ilm va ijod ostonasida” mavzusida koreyashunos talabalarning onlayn ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi.

“Zoom” platformasida onlayn formatda tashkil etilgan ushbu ilmiy anjumanda koreyashunoslik yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirayotgan nafaqat Toshkent davlat sharqshunoslik institutining magistratura va bakalavriat talabalari, balki ushbu sohaning yetakchi professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari ham ishtirok etdi. Shuningdek, anjumanda koreys tili va adabiyoti bo‘yicha ta’lim olayotgan respublikamizning boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari ham o‘z ilmiy tadqiqot ishlari bilan qatnashdilar.
Onlayn tadbirning ochilish marosimida Toshkent davlat sharqshunoslik institutining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektoi N.Abdulaev so‘zga chiqib, koronavirus pandemiyasi davrida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida zikr etib, bu kabi ilmiy konferensiyalar talabalarning kelgusidagi katta ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari uchun o‘ziga xos maktab bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Anjuman davomida talabalar tomonidan koreys tili va adabiyoti, koreys tilini o‘qitish metodikasi, shuningdek, Koreya tarixi va madaniyatiga oid ilmiy ma’ruzalar qilindi.
Shu bilan birga, konferensiya tashkilotchilari tomonidan elektron ilmiy to‘plam tayyorlanib, unda koreyashunoslarning alohida e’tiborini jalb etishi mumkin bo‘lgan talabalarning ilmiy maqolalari o‘rin olgan. Ular koreys tili va adabiyoti, til o‘qitish masalalari, Koreya siyosati, tarixi, shuningdek, tarjimashunoslik sohalariga yo‘naltirilgan.
Talabalarning ilmiy konferensiyasini tashkil etgan va unda soha eksperti sifatida ishtirok etgan institutning Koreyashunoslik fakulteti yetakchi professor-o‘qituvchilari f.f.d., dos. U.Saidazimova, f.f.d., dos. N.D.Kim, f.f.n. T.S.Kim, Q.Imomnazarov, N.Ismatullaeva, D.Ashirbaeva, G.Qobilova, L.Alimova yosh olimlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni ilmiy tahlil qilib, o‘z xulosalari va tavsiyalarini berishdi.
Ilmiy anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan talabalar Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreyashunoslik fakulteti tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Facebook | Telegram | Instagram | YouTube