“Yosh navoiyshunoslar” onlayn anjumani
Sizni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan O‘zbekiston qahramoni, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, professor Suyima G‘anieva xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan an’anaviy “Yosh navoiyshunoslar” anjumaniga taklif etamiz.
Anjuman 2020 yil 8 may oyining beshinchi kuni soat 16:00 dan boshlab Zoom platformasida onlayn translyasiyada bo‘lib o‘tadi.
ONLAYN ANJUMAN DASTURI
1. Rixsiyeva Gulchehra – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori. Kirish so‘zi.
2. Omonov Qudratulla – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori. ” Suyima G‘anieva izdoshlari – navoiyshunoslarning yangi avlodini tarbiyalash ishiga xizmat qiluvchi anjuman ” taqdimoti
3. Sodiqov Qosimjon. – TDShU mumtoz filologiya kafedrasi profes¬sori, f.f.d. Suyima G‘anievaning talabalarga Navoiyni o‘qitishdagi xizmatlari.
4. Mahmudov Raufjon – UrDU doktoranti. Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonidagi semurg‘ va anqo zoonimlari etimologiyasi.
5. Isakova Shoxida – QDPI o‘qituvchisi, fil.f.n. Mixail Sal’e – «Navoiy» tarjimoni.
6. Madalieva Oysara – TDShU mumtoz filologiya kafedrasi o‘qituv-chisi. Alisher Navoiy devonlari qo‘lyozmalarini tavsiflash: muammo va yechim.
7. Umarova Nargizaxon – FarDU dosenti, Tillaboeva Gulruh – FarDU 1-kurs magistranti. Alisher Navoiy g‘azallarida pari mifonimining lisoniy-konseptual xususiyatlari.
8. Abdullaeva Nurjahon – ToshDO‘TAU 2-kurs talabasi. Alisher Navoiy asarlarida fantastika janri xususiyatlari.
9. Murodova Gavharoy – FarDU tadqiqotchisi. «Lison ut-tayr» dostonida arnitonimlar (qush nomlari)ning qo‘llanilishi.
10. Abduvaxobova Gulsara – TDShU 3-kurs talabasi. Alisher Navoiy-ning «Qizil, sorig‘, yashil…» radifli g‘azalida yashirin falsafiy ma’nolar.
11. Abduvalieva Nodira – FarDU o‘qituvchisi. Alisher Navoiy asarlarida qo‘llangan nabotot olami.
12. Ne’matova O‘g‘iloy – TDShU 3-kurs talabasi “Sab’ai sayyor» dostonida qo‘llangan antonimlarning poetik uslubi.
13. Umarova Sohiba – TDPU o‘qituvchisi. Suyima G‘anieva Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asari tadqiqotchisi sifatida.
14. Nu’monova Dilafruz – NamDU 2-kurs talabasi. Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi sinonimik turkum so‘zlarning o‘ziga xosligi.
15. Ravshanov Sultonxon – ToshDO‘TAU 2-kurs talabasi. Musavvir ijodi va badiiyat uyg‘unligi.
16. Norqo‘chqarov Xushvaqt, Begamova Nasiba – Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali o‘qituvchilari. Alisher Navoiyning tarixiy jarayonlar va tarixshunoslik rivojida tutgan o‘rni va ahamiyatiga doir ayrim mulohazalar.
17. Nuraliev Ilyos – ToshDO‘TAU 2-kurs talabasi. Alisher Navoiy o‘rganishda izohli o‘qish.
18. Xaidarov Rahmatullo – AnDU o‘qituvchisi. Inson kamolotini ta’minlashda Alisher Navoiy ma’naviy merosining ahamiyati.
19. Sultonova Madinaxon – FarDU tadqiqotchisi. Alisher Navoiy g‘azallarida shakldosh so‘zlarning qo‘llanishi.
20. Xaitmetova Madina – TDShU 2-kurs magistranti. «Nazmu-l-javohir»dagi ruboiylarning g‘oyaviy mazmuni.
21. Bobojonov G‘ulom – ToshDO‘TAU tayanch doktoranti. Navoiy asar-larida «balog‘at ilmi istilohlari».
22. Numonov Numonjon – O‘zMU 1-kurs talabasi. Alisher Navoiy merosiga bir nazar.
23. Omonov Muhammadaziz – ToshDO‘TAU 2-kurs talabasi. Umum-ta’lim maktablarida mumtoz she’r namunalarining joriylanishi va zamonaviy yondashuv.
24. Xolmatova Shahnoza – TDSI 1-kurs talabasi. She’rlarning janr xususiyatlarini farqlashda noan’anaviy topshiriqlar tadbiqi.
25. Mirkomilova Irodaxon – TDShU 2-kurs magistranti. «Funun ul-balog‘a» asarining tuzilishi va tarkibi.
Zoom platformasidagi konferensiya havolasi:
https://us02web.zoom.us/j/81755293045?pwd=TWdvOWZnNHFWL01SYkl2SzBTT1ZFQT09
Konferensiya identifikatori: 817 5529 3045
Parol’: 650426