Yosh olimlar Kengashining navbatdagi Ilmiy seminari
2018-yil 8-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida YOSH OLIMLAR KENGASHIning navbatdagi Ilmiy seminari o‘tkazildi. Unda “Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi tayanch doktoranti Nodira SHAKIROVA “Upanishadlar va “Avesto”da ezgulik kategoriyasining germenevtik talqini” mavzuida hamda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tayanch doktoranti Xusniya ZIKRULLAYEVA “Ilmiy-texnik matnlarda leksik masalalar” mavzuida ma’ruza qildilar.
Ekspertlar fil.f.d., Q.Omonov va fals.f.n., dots. D.Po‘latova ishtirok etdilar.