Yosh tarjimashunos V
Bugun universitetimizning “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasida “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” va “Sinxron tarjima” mutaxassisliklari magistrantlari hamda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishi talabalarining yillik an’anaviy ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami nashr etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi hamda “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yiliga bag‘ishlab tayyorlangan mazkur to‘plam kafedraning bakalavriat yo‘nalishi talabalari, magistrantlariining 2020-yil 15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan V an’anaviy ilmiy-amaliy anjumani materiallari hamda “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasida talaba yoshlarga tarjima sirlarini o‘rgatayotgan yosh muallimlar, fanning turli mavzu-muammolari tadqiqi ustida ish olib borayotgan mustaqil izlanuvchilar va tayanch doktorantlarning ilmiy maqolalarini o‘z ichiga olgan. To‘plamdan o‘rin olgan maqolalar o‘qitilayotgan ixtisoslik fanlarini o‘qitishda qo‘shimcha material sifatida foydali bo‘ladi, deb umid qilamiz.