TDSHUda “Yoshlar va ilm-fan” respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakultetining 4-qavat majlislar zalida iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish maqsadida 2024-yil 3-aprel kuni soat 11.30 da doktorant, mustaqil izlanuvchi, magistrant va bakalavrlarning an’anaviy “Yoshlar va ilm-fan” respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi.