Yuksak mehr-muruvvat, oqibat va bag‘rikenglik bizga buyuk ajdodlarimizdan meros fazilatdir
Muruvvat va saxovat yurtimizda azaldan yuksak qadriyat hisoblangan. Yordamga muhtoj kishilarga ko‘maklashish, og‘irini yengil qilish qon-qonimizga singib ketgan ezgu an’analarimizdandxir. Mana shunday xayr-u ehsonlar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi tomonidan ham doimiy ravishda amalga oshiriladi. Bugun ma’lum qilmoqchi bo’lgan xabarimiz TDSHU jamoasining Yashnobod tumaniga tashrifi haqida. Universitet jamoasi 2021-yil 2-mart kuni Yashnobod tumani Boysun mahallasida isteqomat qiluvchi 30 ga yaqin «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan ayollar holidan xabar oldilar. Qolaversa, 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan bayram sovg‘alari va oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qildilar.
