Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

YUNESKO va XXR hukumatining 2026/2027- o’quv yili uchun «Buyuk Devor» stipendiyasiga tanlovi e’lon qiladi

26.01.2026, 11:53 E'lonlar 248

YUNESKO va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumatining 2026/2027- o’quv yili uchun «Buyuk Devor» stipendiyasiga tanlovi e’lon gilingan. Ushbu stipendiya dasturi doirasida XXR oliy ta’lim muassasalarida tadqiqotchi (45 yosh), yetakchi tadqiqotchi (50 yosh) lar uchun bir yillik malaka oshirish kurslari, magistratura (35 yosh) hamda doktorantura (40 yosh) uchun bir yillik o’quv kurslari tashkil etiladi. Tanlov g’oliblarining xalqaro aviachipta va Xitoyda o’qishi bilan bog liq bo’lgan xarajatlari YUNESKO va XXR Hukumati tomonidan qoplanadi. Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar oliy ta’lim muassasasi bilan kelajakda o’z faoliyatini bog’lashga intilgan stajor-tadgigotchi, yosh o’gituvchilar orasidan tanlab olinishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Nomzodlar magistr darajasiga (ba’zi sohalar uchun bakalavr darajasiga) ega bo’lishi va ingliz tilini yuqori darajada bilishlari talab etiladi.

Tanlab olingan nomzodlar quyidagi hujjatlarni 2 nusxada to’ldirishlari kerak:
– maxsus ariza varaqasi onlayn tarzda http://www.csc.edu.cn/studyinchina veb sahifasida to’ldirilishi kerak (uning 2 nusxasi 3 ta rasm bilan birgalikda taqdim
etiladi);

– diplom (ilovasi bilan birga) yoki sertifikat hamda reyting qaydnomasining
tasdiglangan nusxasi va tarjimasi (notarial tasdiglangan nusxasi, ingliz tiliga tarjima
gilingan holda);

– Xitoy universitetlarining biridan kelgan taklifnoma (agar oldindan ushbu
universitet bilan aloga o’ratilgan bo’lsa);

– nomzodning ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanish bo’lgan 2 nafar
professor(olim)lar tavsiyanomasi (ingliz tilida);

– stipendiya uchun taqdim etilayotgan ilmiy tadqiqot loyihasi
(500 so’zdan iborat, ingliz tilida);

– ingliz tilini bilish darajasi bo’yicha sertifikat;
– tibbiy ma’lumotnoma (ilovadagi maxsus shakl bo’yicha)