Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“ZAKOVAT” – Bilimlar Uchun Yangi Maydon

15.11.2025, 14:47 Yangiliklar 658

11-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Kasabauyushmalari kuni munosabati bilan, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan birga” shiori ostida, shuningdek Xalqaro faylasuflar kuni nishonlash doirasida Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi tashabbusi bilan universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi hamkorligida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida“ZAKOVAT” intellektual tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur ma’rifiy va ruhiy ko‘tarinkilik bilan o‘tgan tanlovda turli kafedralar,oliy maktablarning yetuk professor-o‘qituvchilari, bo‘limlarning fidoiy xodimlari o‘z jamoalari bilan faol ishtirok etib, bilim, zakovat va ijodiy tafakkur maydonida o‘zaro kuch sinashdilar.

Tanlov g‘oliblari universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplomlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tanlov jarayoni nafaqat ilmiy bahs va mantiqiy mushohada ruhida, balki hamjihatlik, do‘stlik va o‘zaro hurmat muhitida kechib, ishtirokchilarga yorqin taassurotlar, yangi bilimlar va yaxshi kayfiyat ulashdi.