“Zakovat” intelektual o‘yinining institut bosqichi
Joriy yilning 13-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Madaniyat saroyi”da ulug‘ ajdodimiz, buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 682 yilligi munosabati bilan “Dunyoni lol qoldirgan siymo” mavzusida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi.
Unda barcha fakultetlarda tahsil olayotgan iqtidorli, zukko va bilimga chanqoq talabalardan tuzilgan beshta jamoa g‘oliblik uchun baxs olib bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra “Xitoyshunoslik” fakultetining “Sarmat” jamoasi mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi