Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Zamonaviy dunyoda ijtimoiy-gumanitar va filologik ta’lim” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

21.04.2025, 11:31 Yangiliklar 413

2025-yil 21-aprel kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida Tarix kafedrasi tomonidan “Zamonaviy dunyoda ijtimoiy-gumanitar va filologik ta’lim” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

photo_2025-04-22_15-43-16 (2)

Unda Rossiya, Belorusiya, Turkiya kabi davlatlardan 17 nafarga yaqin xorijiy professor-o‘qituvchilar, shuningdek, mamlakatimizning turli hududlaridan taniqli olimlar va mutaxassislar oflayn va onlayn shakllarda ishtirok etdilar.

photo_2025-04-22_15-47-42

Anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Doktorantura bo‘lim boshlig‘i, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent v.b To‘rayev Laziz O‘rta asr sharq allomalari ma’naviy merosini o‘rganishda tarixiy xotiranining ahamiyati nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.