Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Zamonaviy sharq adabiyoti: Janr va uslub masalalari” mavzusidagi talabalar anjumani

20.04.2019, 15:26 Yangiliklar 2616

Talaba yoshlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish, intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasida “Zamonaviy sharq  adabiyoti: janr va uslub masalalari” mavzusida magistrant va bakalavrlarning ilmiy-amaliy konferensiyasi talabalarga fikrlarini erkin tarzda bildira olish, ilmiy tadqiqot jaryonlariga kirishish kabi ko‘plab imkoniyatlarni yaratib bermoqda.

2019-yil 12-aprel kuni “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasi tomonidan magistrant va bakalavrlarning “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasida “Zamonaviy sharq  adabiyoti: janr va uslub masalalari” nomli  an’anaviy talabalar konferensiyasi  o‘tkazildi.

Konferensiya qiziqarli, jonli, bahs-munozarali bo‘lib o‘tdi, eng yaxshi ma’ruzachilar belgilandi. Bunga ko‘ra:

1-o‘rin – adabiyotshunoslik (arab) 2-kurs magistri Mamanazarova Sarviniso “Iroq adibasi busayna an-Nosiriy ijodida “eng qisqa hikoya ” turi” (ilmiy rah.: f.f.d.D.Z.Muxiddinova).

2-o‘rin – turk filologiyasi 4-kurs talabasi Mamajanov Sherzod “ Oshiq Poshoning “G‘aribnoma” asarida tasavvufiy tavsiflar mohiyati” (ilmiy rah.: f.f.d. P.Kenjayeva).

3-o‘rin – adabiyotshunoslik (fors) 1 kurs magistri Jumayeva Kamola “Irfoniy qasidaning o‘ziga xos qiyinchiliklari” (ilmiy rah.: f.f.d., prof.M.Imomnazarov).

4-o‘rin – arab filologiyasi 4-kurs talabasi Xoshimova Zarnigor “XX asrning ikkinchi yarmi iroqlik yozuvchi Fuad at-Tekerli ijodi ” (ilmiy rah.: f.f.d., prof.M.Imomnazarov)

003-xsh 001-xsh

Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti kafedrasi