Zangiota tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davra-suhbati tashkil etildi
2018-yilning 16-noyabr kunida TDSHI Tarix va falsafa fakulteti “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi” kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsent Alimova Rahima Rusqulovna, “Sharq mamlakatlari taraxi va hozirgi zamon muammolari” kafedrasi mudiri Abdullayev Ulug’bek Artiqbayevich va dekan muovini Narimonov Diyorbeklar Zangiota tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.
Maktabning 5-10 sinf o‘qituvchilarini kasbga yo’naltiruvchi “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida davra-suhbati tashkil etildi. Tadbirni Zangiota tumani 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘rinbosari Amanova Manzura ochib berdi.
Tadbirda maktab o‘quvchilarini sharqshunoslik sohasiga yo‘naltirish mazmunidagi suhbat olib borildi. Toshkent davlat sharashunoslik instituti, uning fakultetlari va yo‘nalishlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.