Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Zangiota tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davra suhbati o’tkazildi

10.11.2018, 22:07 Yangiliklar 3625

2018-yilning 9-noyabr kunida TDSHI Koreyashunoslik  fakulteti  dekani  Shoira Usmonova va Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosatshunoslik fakulteti dekani Chori Xusanov, “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi doktoranti, i.f.n. dotsent Ne’mat Xolmatov, dekan muovinlari Sanjar Bekmuratov, Jamila Xasanova Zangiota tumanidagi  9-umumiy o‘rta ta’lim  maktabiga tashrif buyurdi.

Maktab o‘qituvchilari uchun “O‘zbekiston – tub islohotlar yo‘lida” mavzusida davra-suhbati tashkil etildi. Tadbirni Zangiota tumani 9-umumiy o‘rta ta’lim  maktabi direktori Ataboeva Dilfuza Xikmatovna ochib berdi.

“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi doktoranti, i.f.n. Ne’mat Xolmatov 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyatini yoritib berdi.

Shuningdek maktab o‘qituvchilari tomonidan oliy ta’lim muassasalari bilan maktablarning hamkorligini yo‘lga qo‘yish, o‘rta maktab bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish takliflari berildi.

Qizg‘in suhbatdan so‘ng Zangiota tumani 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Ataboeva Dilfuza tadbir qatnashchilariga minnatdorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez o‘tkazish foydadan xoli bo‘lmasligini ta’kidladi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan kerakli javoblar bildirildi.