Varshavada O‘zbekiston madaniyati kuni o’tkazildi
O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi Elchixonasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Varshava universiteti hamkorligida Varshavada O‘zbekiston madaniyati kuni o’tkazildi.



Tadbir davomida mehmonlarga O‘zbekistonning boy madaniyati, turizm salohiyati va ulkan tarixiy merosi haqida taqdimotlar, o‘zbek milliy taomlarini tanovul qilish imkoniyati, shuningdek, buyuk mutafakkirlar – Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy tavallud kunlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tashkil etildi.

